AVGUST OYI KOMBINAT TARIXIDA
Avgust — O‘zbekiston metallurgiya kombinati tarixida alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda korxona va mamlakat metallurgiyasi tarixida muhim iz qoldirgan voqealar yuz bergan.
1974-yil 21-avgust — Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish korxonasi sirlangan idishlar ishlab chiqara boshladi.
2000-yil 1-avgust — Shisha idishlar sexida millioninchi dona banka ishlab chiqarildi.
2001-yil avgust — Diametri 120 mm bo‘lgan po’lat zoldirlar ishlab chiqarish stani qurilishi yakunlandi.
2002-yil avgust — “DSP 100 – O’MK” pechi va “Pech-kovsh” qurilmasi ishga tushirildi. Bu O‘zbekiston metallurgiyasi taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ldi.
2003-yil 25-avgust — EPES operatori Abdurahmon Abdurazzoqovga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.
2009-yil 25-avgust — Po‘lat erituvchi Olimjon To’ychiyevga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.
2010-yil 14-avgust — Shahardagi eng yirik sport inshootlaridan biri — zamonaviy suzish havzasi ochildi.
2011-yil 26-avgust — Metallurglar madaniyat saroyidan “Metallurg” shahar shifoxonasigacha bo‘lgan hududda “Metallurglar xiyoboni” qurildi.
2012-yil avgust — 15 000 o‘rinli “Metallurg” markaziy stadioni ochildi.
2018-yil 29-avgust — Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.