TAJRIBALI MUTAXASSIS
Muhitdin Xudoyorov Zoldir prokatlash bo‘linmasining val yig‘ish uchastkasida val yig‘uvchi bo'lib ishlaydi. U kombinatda 23 yildan beri mehnat qilib keladi. Shu vaqt mobaynida yuqori kasbiy mahoratini, ishga mas’uliyat biln yondoshishni va texnologik jarayonni chuqur bilishini namoyon etdi.
Asosiy ishidan tashqari, ustozlik vazifasini ham bajaradi. Yosh mutaxassislarga o‘z tajribasi va ish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Bu esa uchastkadagi yosh ishchilarning malakasini oshirishga va uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlashga yordam beradi.