XALQARO HAMKORLIK
“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Londonda "Morgan Stanley" va "SONA Capital" vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida "Morgan Stanley" va "SONA Capital" investitsiya institutlari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda kompaniya faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari taqdim etildi. Shuningdek, tomonlar "O‘zmetkombinat"ning kelgusidagi yevrobondlar emissiyasida ishtirok etish imkoniyatlari hamda xalqaro kapital bozorlarida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
"Morgan Stanley" va "SONA Capital" vakillari kompaniya faoliyatiga hamda O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga qiziqish bildirdilar, metallurgiya sohasidagi rivojlanish imkoniyatlarini ijobiy baholadilar.
Ma’lumot uchun:
"Morgan Stanley" - AQSHning yirik xalqaro investitsiya banki bo‘lib, global kapital bozorlari va moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi hisoblanadi.
"SONA Capital" - London shahrida joylashgan investitsiya kompaniyasi bo‘lib, rivojlanayotgan bozorlarda korporativ moliyalashtirish va investitsion hamkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi.