+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

METALLURGLAR FARZANDLARIGA G‘AMXO‘RLIK KO‘RSATILDI

METALLURGLAR FARZANDLARIGA G‘AMXO‘RLIK KO‘RSATILDI
1 / 7

Yangi 2026-yil munosabati bilan kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan ezgu va xayrli tadbir tashkil etildi. 

Ushbu tadbir doirasida kombinatda fidokorona mehnat qilib kelayotgan, imkoniyati cheklangan farzandlari bor ishchi-xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashriflar chog‘ida bolajonlar holidan xabar olinib, ularga samimiy tilaklar, yangi yil bayramiga xos qutlovlar izhor etildi. Shuningdek, bolalarga bayram sovg‘alari topshirilib, ularning yuzlariga quvonch va shodlik ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamoada mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 
2.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish