+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BOLAJONLAR UCHUN SPEKTAKL NAMOYISH QILINDI

BOLAJONLAR UCHUN SPEKTAKL NAMOYISH QILINDI
1 / 9

Yangi yil bayrami munosabati bilan Metallurglar madaniyat saroyida O‘zbekiston Yoshlar teatri tomonidan sahnalashtirilgan, sharqona afsonalarga boy va sehrli voqealarga to‘la “Alovuddinning sehrli chirog‘i” spektakli bolajonlar e’tiboriga havola etilmoqda. 

Kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan spektakl 6-7-yanvar kunlari o‘zbek va rus tillarida namoyish etilib, o‘g‘il-qizlarimizni ezgulik, jasorat va orzular olamiga olib kiradi. 

Kombinatda mehnat qilayotgan metallurglarning farzandlari ushbu ajoyib sahna asari orqali qahramonlar bilan birga sehrli sayohatga otlanib, unutilmas taassurotlar va olam-olam quvonchlarga ega bo‘lishadi.

 
3.673 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish