+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O‘ZMETKOMBINAT"DA YONG‘IN XAVFSIZLIGI CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA

"O‘ZMETKOMBINAT"DA YONG‘IN XAVFSIZLIGI CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
1 / 2

"O‘zmetkombinat" AJ hududida barpo etilayotgan Texnopark qurilishi uchun ajratilgan maydonlarda demontaj ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur jarayonlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Bekobod sanoat qurilish-montaj tresti” ishchi-xodimlari ishtirokida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.

Muloqot davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishning hayotiy zarurati;
• Yong‘in signalizatsiyasi tizimlaridan foydalanish va favqulodda chiqish yo‘llari tartibi;
• Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar;
•Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish algoritmi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining  "O‘zmetkombinat" AJ ob'yektlaridagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar ishchilarning kasbiy ko‘nikmalarini va xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarish maydonlarida kutilmagan vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga tayyorgarlik darajasini mustahkamlashga qaratilgan.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish