“METALLURG” YOSH FUTBOLCHILARI XALQARO TURNIRDA BOSH SOVRINNI QO‘LGA KIRITDI
Qirg‘iziston Respublikasida 2009–2010-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Barca Academy Manas CUP 2026” xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Besh kun davom etgan turnirda Bekobod shahrining “Metallurg” U 15 va U 16 jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqa davomida har ikki jamoa ham yuz foizli natija qayd etdi. “Metallurg” U 15 jamoasi final bahsida FC AFIM jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi. “Metallurg” U 16 jamoasi esa finalda “Barca Academy Manas” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etgan holda musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Yosh chempionlarni qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz hamda ularga kelgusida professional futbolchi sifatida katta yutuqlarga erishishni tilaymiz.