+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

METALLURGLAR O‘RTASIDA SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI

METALLURGLAR O‘RTASIDA SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI
1 / 7

        
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha qiziqarli hamda qizg‘in musobaqalar tashkil etildi.

Ushbu intellektual bellashuvlar ishtirokchilardan ziyraklik, strategik fikrlash va sabr-toqat talab etdi.

Musobaqada faol ishtirok etgan metallurglar o‘zlarining bor bilim va tajribalarini namoyon etib, g‘alaba uchun chin ma’noda kurash olib bordilar. Bellashuvlar do‘stona, biroq raqobat ruhida o‘tib, ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib ravishda taqdirlandilar. Bunday tadbirlar jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish