+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayevning intervyusi ICIEC’ning nufuzli maxsus nashrida e’lon qilindi

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayevning intervyusi ICIEC’ning nufuzli maxsus nashrida e’lon qilindi

/storage/files/1785298392.pdf
Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibidagi Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasining (ICIEC) 2026-yilgi yillik yig‘ilishlariga bag‘ishlangan maxsus xalqaro nashrida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev bilan keng qamrovli intervyu chop etildi. Nashrda kombinat rahbarining intervyusiga alohida uch sahifa ajratilgan.
Suhbatda kombinatni navli va yassi prokat ishlab chiqaruvchi zamonaviy milliy metallurgiya platformasiga aylantirish, Quyuv-prokat majmuasini loyiha quvvatiga olib chiqish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xomashyo bazasini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha Bahodir Abdullayevning strategik qarashlari yoritilgan.
Intervyuda ICIEC ko‘magida 132,5 mln yevro miqdorida uzoq muddatli moliyalashtirish jalb etilgani, kombinatning yetakchi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi hamda istiqboldagi yirik sanoat loyihalari haqida ham so‘z yuritilgan. Mazkur nashr “O‘zmetkombinat”ning yangi taraqqiyot bosqichini va uning rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan izchil transformatsiya siyosatini xalqaro auditoriyaga munosib tarzda namoyish etdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish