+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR"

"QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR"
1 / 4

Metallurglar madaniyat saroyida kombinat tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Zoldir prokatlash, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmalari, Temir yo‘l va Klining xizmatlari, Ijroiya apparati jamoalari ishtirok etdilar.

 Qiziqarli o‘tgan tanlovda jamoalar uchta shart - "Tashrif",  “Zukko, ziyrak metallurg” savol-javoblar va "Hangoma"  musiqiy chiqishlari bo‘yicha tayyorlagan dasturlarini namoyish etdilar.                                                                                       

Ko‘rik-tanlovda  Temir yo‘l xizmati jamoasi g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rinni  Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi, 3-o‘rinni Klining xizmati jamoalari egalladi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari bir martalik pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish