+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil iyul oyida Komplaens xizmati xodimlarining rejalashtirilgan tadbirlar ish rejasiga asosan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi. 

Jumladan, «Ikkilamchiqorametallar» departamenti Buxoro IQM filiali xodimlarining huquqiy ongini oshirish maqsadida, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, poraxo‘rlik illati mavzularida davra suhbatlari tashkillashtirildi. 

“Ikkilamchiqorametallar” departamenti Buxoro IQM filiali xodimlarining korrupsiya (poraxo‘rlik), monopoliya, xavflarni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish, sovg‘alar berish va qabul qilishning asosiy tamoyil va talablardan xabardorligini tekshirish maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.
 

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish