+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“SOHIL” OROMGOHIDA – XALQLAR DO‘STLIGI BAYRAMI

“SOHIL” OROMGOHIDA – XALQLAR DO‘STLIGI BAYRAMI
1 / 3

“Sohil” bolalar oromgohida millatlararo do‘stlikka bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy kiyimlari va raqslari sahnada gavdalanib, bolalar ijodiy chiqishlari bilan barchani hayratga soldi.

Har bir guruh o‘ziga topshirilgan mamlakat obrazini jonlantirib, milliy ohanglar, raqslar va sahna ko‘rinishlari orqali tomoshabinlarga rang-barang madaniy palitrani taqdim etdi.

1-guruh: Meksika  va Hindiston 
2-guruh: Ispaniya  va Afrika 
3-guruh: Arab mamlakatlari  va Buyuk Britaniya 
4-guruh: AQSH  va Turkiya 

Tadbir davomida bolalar do‘stlik, tinchlik, totuvlik va o‘zaro hurmat kabi ezgu g‘oyalarni chin dildan ifodalashga harakat qildilar. Ularning har bir sahna ko‘rinishi iliq kayfiyat, samimiylik va ijodiy yondashuv bilan yo‘g‘rilgan edi.

Shubhasiz, bunday bayramlar bolalar qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va dunyo xalqlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantiradi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish