+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

METALLURGLAR XOTIRASI MUHRLANGAN EKSPONAT

METALLURGLAR XOTIRASI MUHRLANGAN EKSPONAT

“O‘zmetkombinat” AJning tarixi muzeyining eng noyob eksponatlaridan biri — 1943-yilda ta’mirlash-mexanika sexi ishchilari tomonidan qo‘lda yasalgan krujkadir.

U qo‘lda yasalgan bo‘lsa-da, katta tarixni o‘zida mujassam etgan. Uning yuzasida hali-hanuz quyidagi yozuvlarni ko‘rish mumkin:
 1943, 1945 — ta’mirlash-mexanika sexi
 1949 — temirchilik-mexanika sexi

Mana shunday iz qoldirish an’anasi uzoq yillar davom etgan.
O‘n yillab bu krujka zavod ishchilariga xizmat qilgan.

Bugun esa bu krujka shunchaki eksponat emas.
Bu — zavodning ilk qadamlari,  “O‘zmetkombinat” ishchi-xodimlarining o'zaro ahilligi va sadoqati ramzidir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish