+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

LONDONDA YANA BIR MUHIM UCHRASHUV O‘TKAZILDI

LONDONDA YANA BIR MUHIM UCHRASHUV O‘TKAZILDI
1 / 2

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida Yaponiyaning "MUFG Bank" vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, moliyaviy ko‘rsatkichlari va asosiy investitsiya loyihalari taqdim etildi. Muloqot chog‘ida tomonlar sanoat sohasidagi yangi loyihalarni xalqaro moliyaviy institutlar orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari, uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari, shuningdek yevrobondlar emissiyasiga tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildilar.

"MUFG Bank" vakillari “O‘zmetkombinat” faoliyati va uning xalqaro bozordagi salohiyatiga qiziqish bildirdilar hamda O‘zbekistonda moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish niyatini bildirdilar. Tomonlar keyingi bosqichda amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun:
"MUFG Bank Ltd." - Yaponiya va Osiyoning eng yirik moliyaviy instituti bo‘lib, "Mitsubishi UFJ Financial Group" (MUFG) tarkibiga kiradi. Bank 50 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va yirik korporativ mijozlarga kompleks bank xizmatlarini taqdim etadi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish