LONDONDA “S&P GLOBAL RATINGS” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning moliyaviy holati, strategik rivojlanish yo‘nalishlari hamda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar “O‘zmetkombinat” uchun ikkinchi xalqaro kredit reytingini olish jarayoni va "S&P Global" metodologiyasining asosiy mezonlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi, hamkorlikning keyingi bosqichida texnik tayyorgarlik jarayonlarini boshlashga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun:
"S&P Global Ratings" - dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Agentlik kompaniyalar, hukumatlar va moliyaviy institutlarning kredit qobiliyatini baholash bo‘yicha global miqyosda e’tirof etilgan mezonlarga ega.