Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

XAVFSIZLIK TIZIMINI MUSTAHKAMLASHGA OID PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

27.11.2025 27.11.2025 143

Bugun, 27-noyabr korxona hududida xavfsizlik tizimini mustahkamlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish avvalida korxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘g‘irlikka urinish holati o‘z vaqtida aniqlangani aks etgan videolavha namoyish qilindi. Lavha orqali xavfsizlik xodimlarining tezkor harakati va mavjud nazorat tizimining samaradorligi ko‘rsatib berildi.

Yig‘ilish davomida korxona ichidagi xavfsizlik talablarini kuchaytirish, xodimlar mas’uliyatini yanada oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar batafsil muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan mavjud ehtimoliy xavf omillarini kamaytirish va xavfsizlik madaniyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar berildi.

Tadbirda kombinat Boshqaruv raisi — Bosh direktorining o‘rinbosari, maslahatchisi hamda Bekobod shahar IIB boshlig‘i va shahar prokurori so‘zga chiqdi. Ular o‘z chiqishlarida xavfsizlik bo‘yicha zarur choralar, mehnat intizomining ahamiyati, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, profilaktika ishlari va idoralararo hamkorlik bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etdilar.

Yig‘ilish yakunida belgilangan taklif va tavsiyalar asosida amaliy choralar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi. Korxona rahbariyati xavfsizlikning har bir xodim uchun ustuvor mas’uliyat ekanini yana bir bor ta’kidladi.
         

 

5.00

(1 ovoz)