Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Korporativ boshqaruv / Aksiyadorlarga / Eʼlonlar

E'lon

15.04.2024 15.04.2024 246

“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2024-yil 7-may kuni soat 11:00 da aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Metallurglar madaniyat saroyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:

- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2024-yil 8-aprel;

- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2024-yil 1-may.

Kun tartibi:

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini va Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
  2. “O‘zmetkombinat” AJ aktsiyadorlarining 2019-yil 16-martdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan yirik bitim shartlariga o‘zgartirish kiritish.
  3. “O‘zmetkombinat” AJning 2023-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yakunlarini tekshirish uchun auditorlik tashkilotini belgilash.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2024-yil 7-may kuni soat 9:30 dan 10:30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi[1].

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.

Qo‘shimcha malumot uchun:

Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz

Telefon: +998 70 214 13 86 (ichki raqam: 10-46, 13-22)

Elektron pochta manzili: sh.abduraxmanova@uzbeksteel.uz


[1] Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida
ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan eri, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi lozim.
Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi.
Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak – 2014 yil 6 mayda qabul qilingan O’RQ-370
-sonli Qonunining 67 moddasi.

 

5.00

(2 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda