Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"INNOPROM. MARKAZIY OSIYO" XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI

26.04.2024 26.04.2024 33

Joriy yilning 22 – 24-aprel kunlari Milliy ko‘rgazmalar majmuasida "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada 27 ta davlatdan 450 ga yaqin kompaniya va ishbilarmon delegatsiyalarning 10 mingdan ortiq ishtirokchilari qatnashdi.

Bu kabi ko‘rgazmalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, sanoatni rivojlantirishning yangi nuqtalarini aniqlash, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, mustahkamlash va hamkorlikda qo‘shma mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.

Bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmalarning natijalariga ko‘ra, Xalqaro va mintaqalararo aloqalarning izchil rivojlanishi kuzatilmoqda. Ochiq savdo, sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya platformasi shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi aloqalar kengaymoqda, madaniy-gumanitar aloqalar chuqurlashmoqda.

Ko‘rgazma doirasida tegishli vazirliklar va yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirokida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu ishtirokchilarga batafsil aloqalar almashish, yangi loyihalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini beradi. O‘tkazilgan mana shunday uchrashuvlardan birida "O‘zmetkombinat" AJ nomidan Axborot texnologiyalari direksiyasi direktori Anvar Xudayarov spiker sifatida ishtirok etib, kombinat haqida batafsil ma'lumotlarni berib o‘tdi.

 

5.00

(1 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda