Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

10 ta FAKTLAR

28.04.2024 28.04.2024 48

SANOAT XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASIGA OID FAKTLAR:

1. Ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar ishga kirish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, ishlayotganlar esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarga binoan davriy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.

2. Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

3. Korxona ishchi-xodimlarini maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa himoya vositalari bilan ta'minlash ish beruvchiga yuklatiladi.

4. Ishchi-xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

5. 16 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlar yuk ortish-tushirish ishlariga qo‘yilmaydi.

6. Korxonada yoki turdosh korxonalarda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda ishchi-xodimlarga navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq turi o‘tkaziladi.

7. Zararli mehnat sharoitlarida band bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ta'tilning eng kam muddati 3 kun etib belgilangan.

8. Mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha ish beruvchi korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib beradi.

9. Korxona ishchi-xodimlarining majburiyatlariga: korxona ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish hamda belgilangan me'yorlarni bajarish kiradi.

10. Agar ishchi-xodim ish kuni davomida jarohatlansa yoki ishga layoqatsizligi keyin paydo bo‘lsa, bu baxtsiz holat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra tekshiriladi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda