Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” AJNING “YASHIL”  TOIFADAGI O‘RNI YANADA MUSTAHKAMLANDI 

25.04.2025 25.04.2025 93

2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi e’lon qilindi.
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati "Ochiqlik indeksi-2024" da 2023-yilga nisbatan 3,7 ball ko‘p jamg‘arib, 81,2 ball bilan "Yashil" toifadagi o‘rnini yanada yaxshiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Ochiqlik indeksi-2023”da “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati 77,5 ball olgan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan.
Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.
Bu yilgi baholashda jami 98 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.
Uchinchi bor e’lon qilinayotgan Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. "Ochiqlik indeksi-2024"da samaradorlik ko‘rsatkichlari 71, 4 balldan 91,8 ballgacha to‘plaganlar – “yashil”, 55,5 balldan 70,7 ballgacha bo‘lganlar – “sariq” va 54, 9 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar – “qizil” toifalarga kiritildi.
 

 

0

(0 ovoz)