Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

NAZARIYADAN AMALIYOTGA

29.04.2025 30.04.2025 152

Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Bekobod shahar filialining ish rejalari nafaqat «O‘zmetkombinat» AJ pensionerlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ko‘plab tadbirlarni tashkillashtirish, balki faxriylar Kengashining eng faollarini metallurgiya sohasida tahsil olayotgan yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishda ishtirok etish, shuningdek, samarali murabbiylik tizimini yo‘lga qo‘yish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Faxriylar Kengashi a’zolari qator muhim loyihalarda tashabbus ko‘rsatishmoqda. Oliy o‘quv yurtlari, xususan, Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali hamda «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filial bilan yaqindan hamkorlik qilishi shular jumlasidandir.
Ushbu oliy o‘quv yurtlarida faxriy metallurglar talabalarning metallurgiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishiga ko‘maklashish maqsadida ma’ruzalar o‘qib, keyinchalik O‘zbekiston  metallurgiya korxonasida amaliy ekskursiyalarni ham tashkil etishmoqda.

Ana shunday ekskursiyalardan biri 24-aprel kuni «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib o‘tdi. TDTU filiallari va MTTU MISiSning 40 dan ortiq talabalari o‘z ustozlari bilan kombinat tarixi muzeyiga tashrif buyurib, korxona qurilishi tarixi, uning bosqichma-bosqich rivojlanishi, yutuqlari bilan tanishdilar.
Korxona tarixi bilan batafsil tanishganlaridan so‘ng, bo‘lajak mutaxassislar kombinatning asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalariga yo‘l olishdi. Ular Elektrda po‘lat eritish, Navli prokatlash va Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmalarida bo‘lishdi.
Mehmonlar po‘lat, prokat, rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlarini shaxsan o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, kuzatishdi. Shuningdek, ular ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishtirildi.

- Metallurgiya sanoati eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, - deydi Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashi Bekobod shahar filiali a’zosi Ma’mur Madumarov. - Shu bois yoshlarning bu sohaga qiziqishi bizni quvontiradi.

Bugungi kunda ham oldimizda muhim vazifa - nafaqat ularning bilimini nazariy jihatdan oshirish, balki tanlagan kasb ko‘nikmalarini amalda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish vazifasi ham turibdi.
Ekskursiya davomida talabalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini qiziqish bilan kuzatganligi, yuqori nazariy bilimlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish istagini namoyish etdilar.

 

5.00

(1 ovoz)