Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ISHONCHLI ENERGIYA TA’MINOTI – BARQAROR ISHLASHNING OMILIDIR 

06.05.2025 06.05.2025 113

   

Elektr tarmoqlar va podstansiya bo‘linmasi kombinatni barqaror ravishda elektr bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Bo‘linma jamaosi kombinatda amalga oshirilayotgan muhim loyihalarning bevosita ishtirokchilari hisoblanadi. Jumladan Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishi doirasida ular “Pech” podstansiyasida ikkita yangi 200 MVA quvvat transformatorlarini o‘rnatishda ishtirok etmoqdalar. Bundan tashqari, bo‘linma mutaxassislari Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini “Pech” podstansiyasi bilan bog‘laydigan 220 kV kuchlanishli LM-5 elektr uzatish liniyasini sozlash ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar. 
Bu mas’uliyatli ishlarda elektrmontyorlar Bahrullo Mallaev, Halim Fayziev, Rasul Ziyoev, usta Salim Suvonqulov va katta usta Dilmurod Xatamov boshqalarga o‘rnak ko‘rsatdilar. Ularning yuqori malakasi, mas’uliyatni his etib ishlashlari va jamoaning o‘zaro ahilligi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Elektr tarmoqlar va podstansiya bo‘linmasi jamoasi oldida yangi vazifalar va loyihalar turibdi. Ular bu vazifalarni ham albatta yuqori darajada amalga oshiradilar deyishga barcha asoslar bor.

 

 

0

(0 ovoz)