Bekor qilish
1
x
)Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz
bosqichni tanlaysiz
Ochiq ma`lumotlar
Ochiq ma`lumotlar
Rasmiy veb-saytda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko`rsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar
Byudjet jarayonining ochiqligi
Ochiq ma`lumotlar portalida ma`lumotlar joylashtirish
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish
Biz haqimizda
Kombinat haqida
Hamkorlik
Bizning faxrimiz
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
Manfaatlar to'qnashuvi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish deklaratsiyalarining namunaviy shakllari
Boshqaruv Raisi-bosh direktor murojaati
Komplayens xizmatining maʼsul xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar
Targ‘ibot materiallar
Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼlumot
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
Kadrlarni tanlashda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi
Korporativ boshqaruv
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv organlari
Nazorat organlari
Ichki hujjatlar
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Sof foydani taqsimlash
"O‘zmetkombinat" AJ aksiyadorlari to‘g‘risidagi ma’lumot
Kombinat tuzilmasi
Hisobotlar
Biznes-reja
Muhim faktlar
Xabar berish shakli
Investitsion portfeli
Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika
Boshqaruv organini mukofotlash to'g'risida ma'lumot
Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo`yicha xulosa
Rioya qil yoki tushuntir
Affillangan shaxslar ro'yxati
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar va emissiya risolalari
MHXS bo'yicha hisobotlar
Audit xulosasi
Aksiyadorlarga
Bizning yutuqlar
Bizning yutuqlar
Malaka oshirish
Reytinglar
Investorlarga
Investitsion jozibadorlik
Investorlar uchun aloqalar
Atrof-muhit va ISTB
E’lon
Axborot xizmati
Axborot xizmati haqida
Yangiliklar
Bizning gazetalar
Bizning gazetalar
"Metallurg minbari" gazetasi
«За металл» gazetasi
Interaktiv xizmatlar
Interaktiv xizmatlar
So`rov
Forum
Savol-javob
Eng ko'p beriladigan savollar
Obuna
Bizning jamoa
Gender tenglik
Aloqalar
Bizning manzil
Bizning rekvizitlar
Rahbarlarning qabul qilish tartibi va jadvali
Xaridorlar uchun kontaktlar
Xomashyo bilan taʼminlovchilar uchun
Aloqaga chiqish
Ishonch telefoni
Yagona telefon faoliyati
Aksiyadorlar uchun
Xorijiy investorlar uchun
Monopoliyaga qarshi komplayens
Raqobat cheklanishi haqida xabar ber
Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar
QUTLUG‘ YOSHING MUBORAK, ONA SHAHRIM!
07.05.2025
07.05.2025
107
Asosiy karvon yo‘llari o‘tgan
Bekobod qadim zamonlardan boshlab ajdodlarimiz yashab kelgan muqaddas zamindir. Tarixdan ma’lumki, Sirdaryo bo‘yida insonlar meloddan avvalgi mezolit davrida ham yashagan.
Bu go‘sha eramizning XV-XVI asrlarida ancha taraqqiy topgan qo‘rg‘on, shahar sifatida mavjud bo‘lganligini ko‘rsatuvchi faktlar ham borki, bu dalilni Zahiriddin Muhammad Boburning butun dunyoga mashhur ensiklopedik asari "Boburnoma" sahifalarida ham uchratishimiz mumkin. "Boburnoma" asarining 88-sahifasida "Tonglasi Xo‘jand suyini Xoslar to‘g‘risidin muz ustidin o‘ttuk. Suvdin o‘tub tunqotib, Piskentga kelduk" jumlalari borki, bu fikr XV-XVI asrlarda Bekobod va unga yaqin joylarda qaynoq hayot mavjud bo‘lganligini yana bir bor isbotlaydi.
Tarixiy dalillar shuni ko‘rsatadiki, qadimda Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarini Toshkent vohasi bilan, boshqacha qilib aytganda, sharqni g‘arb bilan, shimol bilan bog‘laydigan asosiy karvon yo‘llari mana shu Bekobod shahri hududidan o‘tgan. Bu yo‘llar yoqasiga qurilgan manzillarda baland tepalik qurilib, uning yuqori qismiga kechalari mash’alalar yoqib qo‘yilgan. Bu mash’alalar karvon uchun mayak vazifasini bajargan. Qizig‘i shundaki, bunday tepaliklarni bundan 30-35 yil muqaddam Bekoboddan Toshkentga samolyot bilan borgan odam bemalol kuzatishi va ular orasidagi masofaning deyarli teng ekanligini sezishi mumkin edi. Afsuski, keyingi yillardagi siyosat, sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish borasidagi ishlar ana shu noyob tepaliklarni – tariximizning tilsiz guvohlarini surib tashlanishiga va paxta ekiladigan ekinzorlarga aylantirilishiga olib keldi.
Beklar obod qilgan joy
Bekobod so‘zining ma’nosi beklar obod qilgan joy demakdir. Xalq orasidagi gaplarga qaraganda O‘ratepa hokimi bu qishloqqa suv chiqarish uchun 40 ta bekni shu taraflarga yuborgan. Beklar boshchiligida shu yerda yashayotgan odamlarning hammasi bir bo‘lib hozirgi “Buloqariq” deb nomlangan ariqni qazishibdi va suv keltirishibdi. Suv kelishi bilan dehqonchilik rivojlana boribdi va qishloq Bekobod nomini olibdi. Bekobod qishlog‘i bunday nomlanishining asosiy sababi qishloqqa obihayot olib kelgan Buloqariq bilan bog‘liqdir. O‘sha davrdagi Bekobod qishlog‘i “Buloqariq”ning ikki tarafiga joylashgan edi.
Shahar vujudga kelishining boshlang‘ich nuqtasi
Tarixdan ma’lumki, Rossiya 1865-yilda O‘rta Osiyoni to‘la bosib oldi va o‘zining mustamlakasiga aylantirdi. Bu o‘lkadagi boyliklarni tezroq qo‘lga kiritishning, Rossiyaga eltishning birdan-bir yo‘li Rossiyani O‘rta Osiyo shaharlari bilan tutashtiruvchi temir yo‘l qurish edi. Shuning uchun Rossiya hukumati 1890-yildayoq Kaspiy dengizi bo‘yidagi ruslar qurgan Krasnovodsk shahridan Turkiston o‘lkasi shaharlariga temir yo‘l tortib kelish ishlarini boshlab yubordilar va 1899-yilda temir yo‘l oldin Samarqand, so‘ngra Farg‘onaga tortib kelindi.
Hozirgi Bekobod shahri hududiga temir yo‘l kirib kelishi va bu yerda Xilkovo stansiyasining qurilishi Bekobod shahri vujudga kelishida boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi desak, unchalik xato bo‘lmaydi.
Chor hukumati ma’murlari kanallar qazish cho‘l va yarimcho‘l yerlarni bu o‘rinda, xususan, Dalvarzin cho‘lining va Mirzacho‘lning unumdor yerlariga kanallar qazib, suv olib borish uchun ish boshlandi. Tekin, arzon ish kuchini yollash, boshqacha qilib aytganda, mahalliy aholini yollash yo‘li bilan ishlatish hisobiga 1914-yilda “Knyaz ariq” deb nom olgan (o‘sha vaqtda kanal qurilishiga rahbarlik qilgan knyaz Konstantin Konstantinovich nomini olgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas) kanal hamda “Xos yoz” deb nom olgan kanallar vujudga keldiki, bu kanallar suvi yetib borgan joylarda yangi-yangi rus qishloqlari vujudga kelib, bu qishloqlarda yashayotgan, Rossiyadan ko‘chib kelganlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullandilar.
O‘sha davrda Mirzacho‘l vohasida vujudga kelgan bunday qishloqlarga misol sifatida Konnogvardeyskiy, Alekseevskiy, Verxno-Volinskiy, Nijne-Volinskiylarni, Dalvarzin cho‘l vohasida vujudga kelgan Stretinskiy, Kolpakova kabi posyolkalarni ko‘rsatish mumkin.
Kichik korxonalar qurib, o‘lkadan tayyor mahsulot olib ketish maqsadida chor ma’murlari tabiiy resurslar mavjudligini hisobga olib, qura boshlagan Bekobod qishlog‘i yonidagi sement tayyorlovchi zavodni 1914-yilda ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Kichik sanoat korxonalari va rus tilida so‘zlashuvchi posyolkalarning vujudga kelishi bu joylarga ko‘plab rus va rusiy zabon aholining ko‘chib kelishiga imkon tug‘dirdi.
Bekobod qishlog‘i tuman markazi bo‘ldi
1926-yilda Bekobod qishlog‘i markazi bo‘lgan tuman tuzildi va o‘z-o‘zidan tuman Bekobod nomini oldi: Bekobod tumanining markazi bo‘lgan Bekobod qishlog‘i tuman tuzilmalari, ya’ni umumiy ovqatlanish, sotsial, kommunal xo‘jalik, madaniy-maishiy xizmat, maorif, pochta, aloqa xizmatlarining vujudga kelishi bilan tezda rivojlanish sari yo‘l tutdi. Aholi soni tezlik bilan o‘sa bordi va urushgacha bo‘lgan davrda 8000-9000 kishi atrofida aholi yashovchi, sanoati mavjud shahar tusini olgan yirik posyolkaga aylangan edi.
1926-yil 26-iyun kuni O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi to‘ng‘ich korxonalardan biri – Xilkovo sement zavodi ishga tushganligi, birinchi mahsulot chiqarilganligi haqida xabar tarqaldi. O‘sha vaqtlarda zavod ombori yonida quvvati soatiga 1000 kilovatt bo‘lgan 1908 yilda chiqarilgan bug‘ turbinasi bilan ishlaydigan elektrostansiya ham qurilgan edi.
Farhod va Shirin
Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin fashistlar Germaniyasi vaqtincha bosib olgan viloyatlardan O‘zbekistonga ko‘pgina korxonalar ko‘chirib keltirildi. Ularni tezda ishga tushirish uchun katta elektr quvvati talab qilinardi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda gidro-elektrostansiyalar qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu qurilishlar jumlasiga kirgan “Farhod GES”ini qurish 1943-yilda boshlab yuborildi.
Bekobod qishlog‘i yaqinida qurilayotgan gidroelektro-stansiyaga afsonaviy Farhod nomining berilishiga sabab, soyning nomi Shirinsoy deb atalishi bo‘lsa, ikkinchidan Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod obrazi talqinidagi jasorat va xalqqa suv chiqarib berish maqsadida amalga oshirilgan fidokorona va qahramonlarcha mehnat namunasi asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki “Farhod GES”i qurilishida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan safarbar qilingan 70 ming kishilik quruvchilar armiyasining har bir ishtirokchisi Sirdaryoning yangi o‘zanini kavlashda haqiqatan ham Farhodlar singari chinakamiga qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar.
Bekobod shaharga aylandi
Urush davrida yirik sanoat korxonasi bo‘lmish O‘zbekiston metallurgiya zavodida 1944-yil 5-mart kuni birinchi o‘zbek po‘lati tayyorlandi. Zavod ishga tushirilgandan keyin, Bekobod posyolkasini shahar, deb nomlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yetilgan edi va shuning uchun ham Respublika hukumati 1945-yil 7-may kuni Bekobodni viloyatga bo‘ysunuvchi shahar, deb e’lon qildi.
Dastlabki yillarda shaharda 7 mingga yaqin kishi yashagan. Aholiga 1 ta ambullatoriya va 1 shifoxonada 5 nafar feldsher xizmat ko‘rsatgan. 8 ta maktabda 3 mingga yaqin o‘quvchi o‘qigan. Metallurgiya va sement zavodlari, Farhod GESi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi avtokorxonalar ishlagan.
Yillar o‘tishi bilan Bekobod O‘zbekistonning eng yirik shaharlaridan biriga aylanib bordi. “O‘zmetkombinat” AJ, “Bekobodsement” AJ shaharning eng yirik sanoat korxonalari hisoblanadi. Shuningdek, shaharda boshqa sanoat korxonalari, turli tashkilotlar, yuzlab tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
5.00(1 ovoz) |
||
SAYT XARITASI
BIZ HAQIMIZDA
KORPORATIV BOSHQARUV
INVESTORLARGA
BARQAROR RIVOJLANISH
ISHLAB CHIQARISH
AXBOROT XIZMATI
ALOQALAR
BO'SH ISH O'RINLARI
ONLAYN KUTUBXONA
Qoidabuzarlik va korrupsiya bo`yicha ma`lumot berish uchun telegram bot: @UMK_ANTICOR_BOT
IJROIYA APPARATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ishonch telefoni
+99871 913-16-02 |
ALOQALAR
Sotuv bo`limi:
+99 890 902 71 02 | |
+99 871 214 16 94 |
Mijozlar bilan ishlash:
Info@uzbeksteel.uz |
AXBOROT XIZMATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ma`lumot pasporti
Birinchi chop etilgan sana:
So`ngi o`zgartirilgan sana:
Ma`lumotlar to`plami nomi:
Mas`ul shaxs bilan bog`lanish: