Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

15.05.2025 15.05.2025 161

   

“O‘zmetkombinat” AJda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlari va guruh tarkibi malakalarini oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida talofatlarning oldini olish hamda fuqaro muhofazasi xizmatlari va ishchi-xodimlarni o‘zaro hamkorlikda harakatlanishga tayyorlash maqsadida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari tadbirlari Elektr tarmoqlari va podstansiya bo‘linmasining “Metallurgiya” uchastkasida tashkillashtirildi.
Mashq jarayonida fuqaro muhofazasi tuzilmasining komandirlari va boshqaruv tarkibining qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borish bo‘yicha bilimlari takomillashtirildi. 
Shuningdek, tuzilmaning shaxsiy tarkibi bilan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar (zilzila) sodir bo‘lganda vayronalar ostidan, yonayotgan binolardan odamlarni qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqiga maxsus avtotransport vositalari ham jalb qilindi.
 

 

0

(0 ovoz)