Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” Londonda xalqaro moliya maydonida o‘z tajribasini taqdim etdi

09.10.2025 09.10.2025 128

Londonda Standard Chartered Bank tomonidan tashkil etilgan Development and Agency Finance Day tadbirida “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ o‘z ishtiroki bilan qatnashdi.

Tadbir doirasidagi “Uzmetkombinat / ICIEC – Steel Plant Financing: ICIEC as an Alternative to ECA” sessiyasida korxona Islom investitsiyalari va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi — ICIEC bilan hamkorlikda amalga oshirilgan 132,5 million yevrolik uzoq muddatli moliyalashtirish loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekistonda issiq holda prokatlangan po‘lat o‘ramlarini ishlab chiqaruvchi birinchi korxona — Bekoboddagi yangi quyuv-prokatlash majmuasini yakunlashga yo‘naltirilgan.

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev tadbir davomida xalqaro banklar va moliya institutlari vakillari, jumladan Standard Chartered Bankning Buyuk Britaniyadagi bosh ijrochi direktori va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha rahbari Saif Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston sanoat sohasidagi hamkorlik istiqbollari, yangi investitsiya yo‘nalishlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

        

 

0

(0 ovoz)