Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Hindiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi

14.10.2025 14.10.2025 169

“Oʻzmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Baxodir Abdullayev rahbarligida hozirda Hindiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Tashrif davomida u Baka Bara shahrida joylashgan PVJ (Pelletized Value-Added Iron, ya’ni DRI – to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir) ishlab chiqarish zavodining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxona aylanma pechlarda (rotatsion pechlarda) ko‘mir asosida DRI ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llaydi. Bu usul energiya samaradorligi va chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish jihatidan zamonaviy metallurgiya sanoatida eng ilg‘or yechimlardan biri sanaladi.

Tashrifning asosiy maqsadi xalqaro tajriba almashish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va ularni “O‘zmetkombinat” ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

Bu tashrif “O‘zmetkombinat”ning xomashyo ta’minotiga oid muammolarni hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

5.00

(2 ovoz)