Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”NING MADHIYASI YARATILDI

12.12.2025 12.12.2025 110

Keling, ushbu madhiyani birgalikda yodlaymiz va kelgusida yirik tadbirlar, yig‘ilishlar va faxriy marosimlarda baralla ijro etamiz!

“O‘ZMETKOMBINAT”NING MADHIYASI YARATILDI

Bu madhiyamiz korxonaning kuchi, tariximiz, mehnatsevar jamoamiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimizning ramzi.

Keling, ushbu madhiyani birgalikda yodlaymiz va kelgusida yirik tadbirlar, yig‘ilishlar va faxriy marosimlarda baralla ijro etamiz.

          Bekobodning  mag‘rur  shamoli
          Qalbda jasoratni tebratar.
          Azim chinorday ko‘rkam viqorli
          Dilda g‘urur hissin uyg‘otar.
 
          Metindayin bilaklari bor
          Botir ishchi, olov qalblarning
          Har po‘latda shonli izi bor
          O‘sha chayir qadoq qo‘llarning
 
        Mehnatkashlar ardog‘da bunda
        Bir oila bo‘lib jonu tan 
        Barakaning ildizi shunda
       Sizlar bilan ko‘ksi tog‘ Vatan.
 
         Ustozlaru shogird jamul jam
         An’analar bunda mujassam
          Bekobodning dovrug‘i sensan
         Kombinatim bo‘lma aslo kam
 
          Davom etar har bosgan izi
          Qirq hunarli o‘g‘ilu qizi
          Olovlarda toblangan yuzi
          Istiqlolning chaqnoq yulduzi
 
          Sheryurakli pahlavonlaring
          Yuragida yonadi olov
          O‘zbekiston qahramonlaring
         Tutqizmaydi hech kimga jilov
 
          O‘zbekistonim  faxri bo‘lgin,
          Madad bo‘lgin, olovi bo‘lgin.
         Tinchligi bor,  bu yurtimizga,
         Xalqimizning boyligi bo‘lgin.
                                     
         “O‘zmetkombinat” doim olg‘a bos
         Shonu shuhrat shavkatingga mos
         Ko‘ksingni ker qaddingni bukma
         Shahdam qadam tashlash senga xos.

 

 

 

 


        

 

5.00

(1 ovoz)