Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

DIQQAT TANLOV! MUKOFOT JAMG‘ARMASI 22 MILLION SO‘M

15.12.2025 15.12.2025 92

“O‘zmetkombinat” AJ tomonidan korxona madhiyasini ijro etish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

Yaqinda “O‘zmetkombinat” AJning rasmiy madhiyasi yaratildi. Mazkur madhiya so‘zlarini eng chiroyli, ta’sirchan va ko‘tarinki ruhda yod olib, aytib bergan ishchi-xodimlar uchun tanlov tashkil etilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar “O‘zmetkombinat” madhiyasini yod aytib, qisqa video shaklida Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga joylashi hamda izoh qismida #uzmetkombinat_madhiyasi xeshtegini belgilashi lozim. Mazkur xeshteg bilan joylangan videolar tanlovga avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Tanlov shartlariga muvofiq, ishtirokchining Instagram sahifasi ochiq (publik) bo‘lishi talab etiladi. Yopiq sahifalarda joylangan videolar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va baholanmaydi. Instagramim yo‘q-ku deyishga ham shoshilmang. Videoni @umktanlov_bot orqali bizga yuborib qo‘ying.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
— 1-o‘rin: 10 million so‘m
— 2-o‘rin: 7 million so‘m
— 3-o‘rin: 5 million so‘m

Mazkur tanlov “O‘zmetkombinat” madhiyasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga qaratilgan.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz va faol ishtirok etishga chorlaymiz.

 

5.00

(1 ovoz)