Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O‘zmetkombinat" AJda onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

28.03.2025 28.03.2025 143

   

 

Bugun, 28-mart kuni "O‘zmetkombinat" AJning rasmiy Telegram-kanalida "Ochiq muloqot" shaklida onlayn videochat bo‘lib o‘tdi. Kombinat xodimlari bevosita malaka baholash tizimi, o‘qitish va kasbiy darajani oshirish bo‘yicha savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ishtirokchilarning savollariga Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va kadrlarni rivojlantirish boshqarmasi vakillari javob berdilar: boshqarma boshlig‘i v.b. Bahodir Valibekov, bosh mutaxassis Aziz Atabayev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – hujjatlar ijrosi nazorati bo‘limi boshlig‘i Aziz Babayev, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor Leviza Ibroimova.

Suhbat davomida mutaxassislar amaldagi attestatsiya tizimi, uning bosqichlari va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berib, kombinat xodimlari uchun mavjud kasbiy o‘sish imkoniyatlarini tushuntirdilar.

Muloqot samarali bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga real vaqt rejimida javob oldilar.

Bunday uchrashuvlar korxonadagi kadrlar siyosatining ochiqligi va shaffofligini mustahkamlab, har bir xodimga muhim o‘zgarishlar va rivojlanish imkoniyatlari haqida xabardor bo‘lishga yordam beradi.

 

0

(0 ovoz)