Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KASBIM MENING FAXRIM

01.04.2025 01.04.2025 147

 

 
Ravshan Xamraqulov  metallurglar oilasida tug‘ilganligi sababli kelajakda. O‘zbekiston metallurgiya kombinatiga kirishni maqsad qildi va 1993-yil Kislorod kompressor bo‘linmasiga ishga qabul qilindi. Dastlab, kompressor qurilmalari mashinisti kasb sirlarini ustozlari Zoir Abdurahmonovdan, keyinchalik Botir Hamdamovdan o‘rgandi. 
Bugungi kunda ushbu sohada ishlayotganligiga 32-yil bo‘lgan R. Xamraqulov kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo‘sinda muomala qilishi, kamtarlik, xushmuomalalik kabi fazilatlarni o‘rgandi. 
Hamkasblari orasida hurmat qozongan qahramonimiz ustoz sifatida shogirdlari bilan faxrlanadi. Ular orasida Azim Oqmirzayev, Gavhar Orziqulov, Doston Turdiboyevlarni sanab o‘tish mumkin.   

Aytish lozimki, mehnat insonning hayotida muhim o‘rin tutibgina qolmay, turmushni mehnatsiz,  yaratuvchiliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugun mehnat qilib jamiyatga foyda keltirayotgan Ravshan Xamraqulov ham o‘z kasbi bilan faxrlanadi.

 

0

(0 ovoz)