Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINAT HUDUDLARI KO‘KALAMZORLASHTIRILMOQDA

01.04.2025 01.04.2025 146

  

☘️«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida har yili millionlab tup ko‘chatlarini ekish belgilangan.
☘️Bugun yurtimizda keng tus olgan «Yashil makon» umummilliy harakatining ma’no-mazmuni, maqsadi ham yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda.
☘️“O‘zmetkombinat” AJ ham bahor faslida loyiha doirasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatib, ko‘chatlar ekishni davom ettirishmoqda. 
☘️Ma’lumki, kombinatda  issiqxona mavjud bo‘lib, bu yerda 60 ga yaqin gul turlari o‘stirilib, parvarish qilinmoqda. Asosiysi bu yerda butasimon, daraxtsimon va tuvak gullari yetishtirilib, talab asosida tarkibiy bo‘linmalarga yetkazib borilmoqda. Issiqxona ishchi-xodimlari esa qalamchalar, urug‘lar orqali ko‘chatlarni ko‘paytirmoqdalar.
Albatta, tabiatda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat foyda ko‘ramiz, rohatlanamiz va kelajagimiz uchun atrof-muhitimizni yanada mustahkamlagan bo‘lamiz.
Demakki, yurtimizda keng quloch yoygan «Yashil makon» umummilliy loyihasi nafaqat bugunimizga balki, yaqin va uzoq kelajagimizga daxldor hayotiy harakatdir.

 

0

(0 ovoz)