Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Komplaens-xizmati tomonidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

23.09.2025 23.09.2025 249

“O‘zmetkombinat” AJning barcha bo‘linmalarida Komplaens-xizmati tomonidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar korxonada halollik, ishonch va ochiqlik muhitini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismidir.

Seminarlarda korrupsiyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda, amaliy misollar keltirilib, qonun buzilishlarining oldini olish choralari ko‘rib chiqilmoqda. E’tibor markazida bosh direktor Bahodir Abdullayevning «Metallurg minbari» gazetasida chop etilgan «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik!» nomli murojaati bo’ldi. Unda korrupsiyaning korxona rivojiga to‘sqinlik qilishi va jamoada ishonchni yemirishi ta’kidlangan.

Seminarda xodimlar faol qatnashib, savollar berishmoqda va o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishmoqda. Bunday ochiq muloqotlar birgalikda amaliy yechimlarni topishga yordam bermoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash butun jamoaning umumiy maqsadi sifatida qaralmoqda. Faqat birgalikdagi harakatlar korxonada adolatli va barqaror rivojlanish uchun mustahkam asos yaratadi.

 

5.00

(3 ovoz)