Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ENG NOYOB VA QADRLI EKSPONAT

24.09.2025 24.09.2025 214

Bugun sizlarni kombinat tarixi muzeyining eng noyob va qadrli eksponatlaridan biri bilan tanishtiramiz. Bu — korxonamizning ishchilari o‘z qo‘llari bilan yasagan Elektrda po‘lat eritish bo'linmasining maketi.

Mazkur maketning o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat bo'linmaning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi. U elektrlashtirilgan bo‘lib, barcha asosiy uchastkalar ishini harakatda namoyish etadi va po‘lat ishlab chiqarish jarayonini to‘liq ko‘rsatib beradi.

Maketda quyidagilarni harakatda kuzatishingiz mumkin:

  •  po‘lat eritish pechi
  •  po‘latga kompleks ishlov berish agregati
  •  uzluksiz po'lat quyish qurilmasi
  •  180 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega kuchli ko‘prikli kran, u metall chiqindilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pechga tashlaydi.

Har bir qism ishlash jarayonida go‘yoki sizni haqiqiy bo'linma ichida bo‘lgandek his qildiradi. Bu esa “O‘zmetkombinat” AJning "yuragi" — Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasining uyg‘unligi va mukammalligini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Ushbu eksponat oddiygina maket emas. U muhandislik mahorati, texnik aniqlik va kasbga sadoqat ramzidir.     

        

 

0

(0 ovoz)