Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“CITIBANK” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

10.10.2025 10.10.2025 487

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida "Citibank" vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kombinat faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari taqdim etildi. Tomonlar xalqaro kredit reytingini yanada yaxshilash, kelgusidagi yevrobondlar emissiyasi hamda yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

"Citibank" vakillari “O‘zmetkombinat” faoliyatiga qiziqish bildirgan holda, kompaniya bilan hamkorlik doirasini kengaytirish va O‘zbekiston bozorida moliyalashtirish loyihalarida ishtirok etish niyatini bildirdilar.

Ma’lumot uchun:
"Citibank" - dunyodagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri bo‘lib, 160 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Bank korporativ, investitsiya va savdo-moliya xizmatlarini ko‘rsatadi hamda xalqaro kapital bozorlarda yetakchi o‘rinni egallaydi.
  

 

3.20

(5 ovoz)