Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi ICBC Standard Bank vakillari bilan Londonda uchrashuv o‘tkazdi

10.10.2025 10.10.2025 69

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Baxodir Abdullayev rahbarligida Londonda ICBC Standard Bank vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda korxonaning faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Tomonlar sanoat loyihalarini moliyalashtirish, xalqaro kredit liniyalari va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

ICBC Standard Bank vakillari “O‘zmetkombinat” faoliyatini ijobiy baholab, bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etayotganini ta’kidladilar. Tomonlar loyihalarni birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun:
ICBC Standard Bank - Xitoyning Industrial and Commercial Bank of China (ICBC) va Janubiy Afrikaning Standard Bank Group kompaniyalarining qo‘shma korxonasi bo‘lib, London shahrida joylashgan. Kompaniya xomashyo va tovar bozorlari, investitsiya bankchiligi hamda moliyaviy bozorlar sohalarida global miqyosda faoliyat yuritadi.

 

5.00

(1 ovoz)