Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Londonda Morgan Stanley va SONA Capital vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

11.10.2025 11.10.2025 92

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Londonda Morgan Stanley va SONA Capital vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Baxodir Abdullayev rahbarligida Morgan Stanley va SONA Capital investitsiya institutlari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda kompaniya faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari taqdim etildi. Shuningdek tomonlar "O‘zmetkombinat"ning kelgusidagi yevrobondlar emissiyasida ishtirok etish imkoniyatlari hamda xalqaro kapital bozorlarida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Morgan Stanley va SONA Capital vakillari kompaniya faoliyatiga hamda O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga qiziqish bildirdilar, metallurgiya sohasidagi rivojlanish imkoniyatlarini ijobiy baholadilar.

Ma’lumot uchun:
Morgan Stanley - AQShning yirik xalqaro investitsiya banki bo‘lib, global kapital bozorlari va moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi hisoblanadi.
SONA Capital - London shahrida joylashgan investitsiya kompaniyasi bo‘lib, rivojlanayotgan bozorlarda korporativ moliyalashtirish va investitsion hamkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

 

 

0

(0 ovoz)