Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

METALLURGLAR ISHINI YENGILLASHTIRGAN IXTIROLAR

11.10.2025 11.10.2025 45

   

O‘zbekiston metallurgiya zavodida 60-yillar ixtirochilik harakatining eng rivojlangan davri bo‘lgan. Korxonada ishlab chiqarishga joriy etilgan takliflar katta iqtisodiy samara berdi, sexlar ishini barqarorlashtirdi.

Vohid Shag‘apov, Mustafa Veyisov, Shomil Sobitov, Aleksandr Boytsov, Anatoliy Kuzin, Ilya Vaxromeev va “Respublikada xizmat ko‘rsatgan ixtirochi” G‘ani Oripov kabi tashabbuskorlar bu borada o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar.

Masalan, Martеn ustasi D. Perepechayev sakkizta taklif muallifi bo‘lib, ulardan biri pech gumbazi kuyib ketishining oldini olib, olovga chidamli g‘ishtlarni tejashga yordam berdi. Usta G. Mirzoyan “Mirzoyan xodachasi” bilan cho‘michda qolgan quyma miqdorini aniq hisoblash oddiy usulini topdi.

Aleksey Platonov esa “Suyuqlangan po‘latda uglerod tahlili”ni bir daqiqada bajaradigan spektral qurilma loyihasini ishlab chiqdi. Uning takliflari EPES, XIMICH va Martеn sexlarida samarali qo‘llanildi.

Ishlab chiqarishga joriy etilgan ixtirolar iqtisodiy foyda keltirish bilan birga metallurglar ishini ham ancha yengillashtirgan edi.

 

0

(0 ovoz)