Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Ustoz-shogird an’anasi

01.01.1970 01.01.1970 33

Kombinatda uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga yetkazish, ularni ish jarayonlariga tez va samarali moslashtirish, shu bilan birga kasb sir-asrorlarini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, jamoada kasbiy madaniyatni shakllantirish va barqaror rivojlanishga zamin yaratmoqda.

"Metallurglar Servis Markazi" MCHJning Elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘linmasida ham ustoz-shogird an’anasi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur bo‘linmada faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis Nasiba Hamroqulova ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy tajriba va kasb sir-asrorlari bilan ham baham ko‘rmoqda.

Bu esa o‘z navbatida ish natijalarining yaxshilanishi, mutaxassislar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat va professional yondashuvning shakllanishiga olib kelmoqda.

 

0

(0 ovoz)