Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Guliston davlat universiteti talabalari “O‘zmetkombinat” AJ muzeyida

14.10.2025 14.10.2025 113

      

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ muzeyi Guliston davlat universiteti talabalari va o‘qituvchilarini qabul qildi. Ular uchun bu tashrif nafaqat ekskursiya, balki mamlakatdagi yirik metallurgiya korxonasining shakllanish va rivojlanish tarixi bo‘ylab qiziqarli sayohat bo‘ldi.

Tashrif buyurganlar muzeydagi eksponatlar, vaqt o‘tishi bilan sarg‘aygan quruvchilarning suratlari, arxiv hujjatlari hamda kombinat rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi axborot stendlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ayniqsa, ishlab chiqarish obyektlarining maketlari korxonaning miqyosi va qudratini yaqqol tasavvur etish imkonini berdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun sanoat tarixini yaxshi bilish, shuningdek, har bir surat va eksponat ortida metallurglar avlodlarining mehnatlari, fidoyiliklari mujassam ekanini his etish imkonini beradi.

 

0

(0 ovoz)