Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kasbga sadoqat - yuksalishga yol

14.10.2025 14.10.2025 41

Bugungi kunda “O‘zmetkombinat” yoshlari - Kuch-g‘ayratga to‘la, maqsadga intiluvchan mutaxassislar bo‘lib, ular mas’uliyatdan cho‘chimaydi va o‘z kelajagini korxona bilan birga ishonch bilan barpo etmoqda. Ana shunday fidoyi yoshlar qatorida “O‘zmetkombinat” AJning  Navli prokatlash bo‘linmasi yuklash bo‘limi brigada boshlig‘i Shahboz Shukurov ham bor.U uchun korxonadagi ish nafaqat kasb, balki hayotining mazmuniga aylangan.

U o‘z mehnat faoliyatini bu yerda 2018-yilda boshlagan. Dastlabki kunlardanoq yosh mutaxassis o‘zini mas’uliyatli, mehnatsevar va tashabbuskor ishchi sifatida ko‘rsatgan. U doimo o'z mahoratini oshira borgan, ishda javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan cho'chimagan.

Bugun Shahboz o‘z brigadasini ishonch bilan boshqarmoqda. Yuqori darajadagi kasbiy malakasini va tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etayapti. Shu bilan birga, u erishilgan natijalarda to‘xtab qolmay, o'z bilimlarini oshrishga qat'iy kirishgan. Ishdan ajralmagan holda Toshkent davlat texnika universitetining mexanika fakultetining sirtqi bo‘limi ikkinchi bosqich talabasi sifatida o‘qishni davom ettirmoqda.

 

0

(0 ovoz)