Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“Metall prokati bozorlari: savdo, ishlab chiqarish, strategiya” konferensiyasida

15.10.2025 15.10.2025 79

      

Joriy yilning 14–15-oktabr kunlari Moskva shahrida “Metall prokati bozorlari: savdo, ishlab chiqarish, strategiya” III xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir MAXConference va MMI axborot-konsalting agentligi hamkorligida tashkil etildi. Konferensiya Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va boshqa mamlakatlardan yetakchi metallurgiya sohasi mutaxassislarini birlashtirib, sohadagi dolzarb an‘analar, savdo strategiyalari va ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish imkonini berdi.

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktorining topshirig‘iga binoan, konferensiyada Marketing va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Erkın Ibragimov ishtirok etdi. U korxonaning yupqa metall prokati bo‘yicha ma’ruza qildi, “O‘zmetkombinat” AJning qora metallurgiyani rivojlantirishdagi strategik rolini ta’kidlab o‘tdi va issiq holatda tayyorlangan po‘lat o‘ramlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihaning ishga tushirilishi haqida ma’lumot berdi.

“O‘zmetkombinat” AJdagi Quyuv-prokatlash majmuasi loyihasi konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi, ayniqsa, Rossiya va xorijiy treyderlar hamda MDH mamlakatlari ekspertlari e’tiborini tortdi.

Konferensiya tajriba almashish, sohaga oid dolzarb muammolarni muhokama qilish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash uchun muhim platforma bo‘ldi.

 

5.00

(1 ovoz)