Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Ommaviy tadbirlar

KONSTITUTSIYA QABUL QILINGAN KUNGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

06.12.2025 06.12.2025 11

        

4-dekabr kuni Metallurglar madaniyat saroyida "8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun"ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona rahbariyati, mehnat jamoalari va faxriylar ishtirok etdilar. Bayram dasturi davlat madhiyasi sadolari ostida ochilib, Konstitutsiya kunining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun mamlakatimizda eng ulug‘ va qutlug‘ sanalardan biri sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda Asosiy qonunning o‘rni alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Eng yaxshi she’r" va "Eng yaxshi maqola" tanlovlarining g‘oliblari ham tantanali ravishda taqdirlandi. Tanlovda korxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘z ijodiy qarashlari, Vatanga bo‘lgan muhabbati va Konstitutsiyaga hurmatini qalbdan kelib chiqqan badiiy asarlar orqali namoyon etdilar.

G‘oliblarni Kombinat boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev samimiy tabriklab, ularning faolligi va tashabbuskorӣni yuqori baholadi. 
Shuningdek, g‘oliblarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi nomidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi, ishtirokchilar bayramona kayfiyatda bir-birini tabriklab, istiqbolda bundan-da keng qamrovli va mazmunli tadbirlar o‘tkazilishiga ishonch bildirdilar.

 

0

(0 ovoz)