Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

25.05.2026 25.05.2026 24

“O‘zmetkombinat” AJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining birgalikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqining asosiy maqsadi tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, xususan zilzila sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi tuzilmalari komandirlari hamda boshqaruv tarkibining qutqaruv ishlarini tashkil etish va olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
  
Mashg‘ulot davomida vayronalar ostida qolgan fuqarolarni qutqarish, yonayotgan binolardan odamlarni xavfsiz hududga olib chiqish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

O‘quv mashqida fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi faol ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi. Tadbir yakunida o‘quv mashqi davomida amalga oshirilgan harakatlar tahlil qilinib, kuch va vositalarning shayligi ijobiy baholandi.

  

 

5.00

(1 ovoz)