Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

E'LON

20.03.2025 20.03.2025 2062

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  rahbarligida  2024-yil  20-iyun  kuni kengaytirilgan  tarzda  oʻtkazilgan  videoselektor  yigʻilishining  32-sonli  bayoni  36-bandida 2024/2025- o‘quv yilidan boshlab, har yili muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng  yaxshi  g‘oya”,  “Eng  yaxshi  loyiha”  va  “Eng  yaxshi  ixtiro”  respublika  ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan.
Mazkur  tanlovni  yuqori  saviyada  tashkil  etish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi majlisining  2025-yil  28-fevraldagi  10-son  bayonining  2-ilovasi  bilan  “2024/2025-oʻquv yilida  muhandislik  yoʻnalishlari  boʻyicha  respublika  koʻrik-tanlovlarini  oʻtkazish  va gʻoliblarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. 

Tanlovga joriy yilning 16-mart kunidan boshlab e’lon berilgan bo‘lib, joriy yilning 31-mart  kuniga  qadar  arizalarni  qabul  qilish  (muhandis.edu.uz  platformasi  orqali) rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot  uchun:  Tanlov  “Eng  yaxshi  g‘oya”,  “Eng  yaxshi  loyiha”  va  “Eng  yaxshi ixtiro”  yo‘nalishlari  bo‘yicha  alohida  3 ta  kategoriya - 40 yoshdan  oshmagan  professor- o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi. 

Tanlovda:
1-o‘rin  qo‘lga  kiritgan  9 nafar  g‘oliblar  elektromobil; 
2-o‘rin  g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi; 
3-o‘rin  g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

 

5.00

(2 ovoz)