Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Londonda MUFG Bank vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

11.10.2025 11.10.2025 84

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Baxodir Abdullayev rahbarligida Yaponiyaning MUFG Bank vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, moliyaviy ko‘rsatkichlari va asosiy investitsiya loyihalari taqdim etildi. Muloqot chog‘ida tomonlar sanoat sohasidagi yangi loyihalarni xalqaro moliyaviy institutlar orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari, uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari, shuningdek yevrobondlar emissiyasiga tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildilar.

MUFG Bank vakillari “O‘zmetkombinat” faoliyati va uning xalqaro bozordagi salohiyatiga qiziqish bildirdilar, hamda O‘zbekistonda moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish niyatini bildirdilar. Tomonlar keyingi bosqichda amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun:
MUFG Bank Ltd. - Yaponiya va Osiyoning eng yirik moliyaviy instituti bo‘lib, Mitsubishi UFJ Financial Group (MUFG) tarkibiga kiradi. Bank 50 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va yirik korporativ mijozlarga kompleks bank xizmatlarini taqdim etadi.

 

5.00

(1 ovoz)