Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Londonda S&P Global Ratings vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

11.10.2025 11.10.2025 95

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Baxodir Abdullayev rahbarligida S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning moliyaviy holati, strategik rivojlanish yo‘nalishlari hamda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar “O‘zmetkombinat” uchun ikkinchi xalqaro kredit reytingini olish jarayoni va S&P Global metodologiyasining asosiy mezonlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi, hamkorlikning keyingi bosqichida texnik tayyorgarlik jarayonlarini boshlashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun:
S&P Global Ratings - dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Agentlik kompaniyalar, hukumatlar va moliyaviy institutlarning kredit qobiliyatini baholash bo‘yicha global miqyosda e’tirof etilgan mezonlarga ega.

 

  

 

5.00

(1 ovoz)