Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O'ZMETKOMBINAT"DA YONG‘IN XAVFSIZLIGI TIZIMI TEKSHIRILDI

13.02.2026 13.02.2026 22

 

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-prokatlash majmuasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ichki yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimining holati rejali tartibda o‘rganildi.

Tekshiruv davomida obyektda mavjud yong‘inga qarshi suv tarmoqlari, gidrantlar, nasos uskunalari hamda suv bosimi ko‘rsatkichlari amaldagi me’yoriy-huquqiy talablar asosida atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tizimning ishga yaroqliligi, doimiy texnik xizmat ko‘rsatish darajasi va favqulodda vaziyatlarda uzluksiz ishlash imkoniyati sinovdan o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tizimning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish muddatlari belgilandi.

Mazkur tekshiruv yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik darajasini yanada oshirish hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

 

5.00

(1 ovoz)