Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Tojikiston Respublikasiga xizmat safari yakunlari

30.07.2026 30.07.2026 23

  

“Oʻzmetkombinat” AJ rahbariyati va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Tojikiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib, “Tojik metallurgiya kombinati” (ZAO “TMK”) bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Tashrif davomida delegatsiya “Shohqadambuloq” temir koni, uning negizida barpo etilayotgan togʻ-kon boyitish fabrikasi hamda kelgusida qurilishi rejalashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri tiklangan temir (PVJ) ishlab chiqarish majmuasi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralarda Memorandum doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, PVJ mahsulotining texnik va kimyoviy koʻrsatkichlari, “Oʻzmetkombinat” ehtiyojlariga mos mahsulot ishlab chiqarish, logistika masalalari hamda uzoq muddatli offtake shartnomasini tuzish istiqbollari muhokama qilindi.

Tojikiston tomoni togʻ-kon boyitish fabrikasini 2027-yilda, PVJ ishlab chiqarish majmuasini esa 2028-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiya loyihasi boʻyicha muntazam axborot almashish, texnik hamkorlikni kuchaytirish hamda loyiha ishga tushirilguniga qadar oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirishga kelishib oldilar.

Mazkur loyiha “Oʻzmetkombinat” AJning metall temir (Fe) miqdori kamida 83 foiz boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri tiklangan temir (PVJ) mahsulotiga boʻlgan yillik ehtiyojini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

0

(0 ovoz)