Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TAJRIBA KONSTRUKTORLIK LABORATORIYASI JAMOASI VAZIFALARNI MUNOSIB BAJARISHMOQDA.

04.02.2025 04.02.2025 151

  

   Jumladan, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi uchun otish mashinasi tayyorlanib sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu ishlar Metall konstruksiyalar bo‘linmasi bilan hamkorlikda olib borildi.  Otish mashinasining vazifasi Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi pechini (futuryovka) ichki qismini yamash uchun xizmat qiladi.
   Bundan tashqari (RNP-Ratatsionniy pech) Metallurgiya ilmiy markazi boshchiligida sinov uchun pech tayyorlanib ishlar jadal olib borilmoqda. Ushbu pech tayyor bo‘lsa turli markadagi po‘latlarni sinov yo‘li bilan o‘rganib o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
   Shuningdek, Navli prokatlash bo‘linmasi uchun stan-300 12- kleti vallarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetib qoldi, tez kunlarda sinab ko‘rish uchun topshiriladi. Bundan maqsad klet vallarini sotib olmasdan mahalliylashtirish dasturi asosida o‘zimizda tayyorlashdan iborat.

   Berilgan ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, Tajriba konstruktorlik laboratoriyasi jamoasi o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.

 

0

(0 ovoz)