Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kun tarixi.

14.02.2025 14.02.2025 178

   Bobur 1483-yili 14-fevralda Andijon shahrida, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va asli chingiziylardan bo‘lgan malika Qutlug‘ Nigor Xonim oilasida dunyoga keladi. “Bobur” so‘zi forsiy tilidan “babr”, ya’ni “bars”,“yo‘lbars” degan ma’noni bildiradi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur avlodidan. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning evarasi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor-Xonim mo‘g‘ul xonlaridan biri Yunusxonning qizi bo‘lgan.
   Barcha shahzodalar singari Zahiriddin Muhammad Bobur ta’lim va tarbiyani otasining saroyida oladi. Biroq otadan juda erta yetim qoladi. 1494-yili Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. 12 yoshida Bobur otasining o‘rniga taxtga o‘tirishga majbur bo‘ldi.
   Bobur 1519-1525-yillarda Hindiston uchun bir necha bor janglar olib boradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda o‘z hokimiyatiga asos soladi. Bobur asos solgan sulola tarixda eng yirik sulolalardan biri bo‘lib, uning avlodlari 350-yildan ortiq Hindistonga hukmronlik qiladi.

   Bobur hukmronligi davrida Hindiston gullab-yashnaydi. Adabiyot, san’at, shaharsozlik rivojlanadi. Uning o‘g‘illari va avlodlari davrida Hindiston qudratli mamlakatlardan biriga aylandi. Boburning avlodlari bobosining bunyodkorlik ishlarini munosib davom ettirishadi. Mamlakatda mukammal ma’naviy-ruhiy muhit vujudga keladi. Hindiston tarixida Boburning ahamiyati nihoyatda katta. Yirik hind olimi Javoharla’l Neru u haqida shunday deydi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.

  Bulardan so‘ng Bobur uzoq yashamadi: 1530-yili Agrada 47 yoshida vafot etadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Boburning to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyun Mirzo og‘ir dardga chalinadi. Bobur uch kechayu uch kunduz Yaratgandan o‘g‘lining dardiga shifo so‘rab, farzandi chekayotgan dardni o‘ziga berishini so‘raydi. Humoyun Mirzo tuzaladi, biroq Zahiriddin Muhammad Bobur ko‘p o‘tmay vafot etadi.

 

0

(0 ovoz)